Saytimizda endi KURTLAR VADISI PUSU seriali haftaning har JUMA kunlari joylanib boriladi. Kuzatib Boring!!!
YoshlarMp3.Com - Музыка, размещённая на сайте, в режиме ДЕМО! Внимание! Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания.
Meni tanidingmi? Qara, men o'sha… Tunlari ertaklar aytguvchi odam. Saharlar poyingga jonini to'shab, Armonlarga jonsiz qaytguvchi odam. Meni tanidingmi? Qara, men o'sha… Ishqini boshiga toj aylaguvchi. Ismingga farishta so‘zini qo'shib, Seni tanda jondek avaylaguvchi. Meni tanidingmi? Qara, men o'sha… Osmonlarga boqib Seni sog'ingan. Meni tanidingmi? Qara, men o'sha… Ha, o‘sha olovli nigohing quli. Bir umr yashadim shu o'tga tashna, Bo'lgim keldi mangu shu o'tning kuli. Meni tanidingmi? Qara, men o'sha… Orzularni quvib armonni tutgan. Bu foniy dunyoda yolg'iz sen deya, Sening baxting uchun o'zni unutgan. Meni tanidingmi? Qara, men o'sha…