Saytimizda endi KURTLAR VADISI PUSU seriali haftaning har JUMA kunlari joylanib boriladi. Kuzatib Boring!!!
YoshlarMp3.Com - Музыка, размещённая на сайте, в режиме ДЕМО! Внимание! Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания.
Mana bugun yana bir Yakshanba... Sayyod nashrida siz sevgan ajoyib loyiha davom etadi... Marxamat Yakshanba-muxlis minbari yangi soni... Assalomu alaykum Sardoraka! Saytni muntazam kuzatib boraman qilayotgan savobli ishlaringizda Ollox o‘zi madadkor bo‘lsin. Oldindan uzr mazkur maktubim yakshanba kuni saytda berilsa xam yoki elektron pochtamga o‘ziz javob yozsangiz xam sizdan minnatdorman. Endi qalbimni tirnayotgan mavzuga o‘tsam... Yoshim 32 da shu paytgacha turmush qurmaganman.Oilada singilarimni uzatib jiyanli xam bo‘lganman. O‘zimga yarasha obro‘- e’tiborim bor. Xullas shu yoshgacha o‘zim tomonimdan jirkanch deb ataladigan insonlardan ya’ni o‘z nafsi yo‘lida o‘ylamasdan ayollar sha’niga bo‘xton qiladigan insonlar xam borligiga guvox bo‘ldim. Naxotki barcha ular tilida yoshi o‘tganlar xaqida shunday gaplar, tuxmatlar uyushtirishsa. Qani mexr-oqibat. Yonligida o‘zlarining qizlari, nabiralari ulg‘ayotganini o‘ylashmasa. Azaldan bir farzandga yetti qo‘shni ota-ona deb aytilardi. Qani o‘sha qo‘shnilar ular esa teskarisini qilishmoqda. Qo‘shnining farzandini loyga bulg‘ashadiyu o‘zlarining farzandlari qilayogan ish ko‘zga ko‘rinmaydi. Qani enda manam baralla aytsam oldin o‘zingizga boqing deb........ Qo‘limdan shu paytgacha kelmadi bunday deyish. Barcha gap so‘zlarga sabr qilib kelmoqdaman. Ortimdan nima tuxmat qilishmasin bariga chidayman. Aybim vaqtida turmush qurmaganim, endi esa turmushga chiqishdan to‘g‘risi cho‘chiyman sababi turmush o‘rtog‘im tomonidan kamsitilishdan yoshi o‘tib qolgan deyilishdan qo‘rqaman. Bunga sabab bir dugonam 28 yoshida shunday taqdirga uchragani, xar kuni turmush o‘rtog‘i tomonidan kamsitilishidir. Uchrashuvlarga xam chiqmay qo‘ydim. Sababi maxallaga surishtirib kelishsa baribir o‘sha mani "mexribon" qo‘shnilarim bor. To‘g‘ri bu mavzu balkim boshqa mavzular oldida sayoz mavzudir lekin xa mayli ming bor uzr oldindan raxmat Sardoraka iloxim sog‘ bo‘ling. Ishlaringizga omad, oilaviy xotirjamlik, farzandlaringiz kamolini ko‘rishlik, ikki dunyo saodatiga erishishlik sizga nasib etsin omin. Sardoraka yana bir iltimos agar xatim chop etilsa ismimni yozmasligingizini so‘rab qoluvchi sizga xurmat bilan... Manba: "sayyod.com"