Saytimizda endi KURTLAR VADISI PUSU seriali haftaning har JUMA kunlari joylanib boriladi. Kuzatib Boring!!!
YoshlarMp3.Com - Музыка, размещённая на сайте, в режиме ДЕМО! Внимание! Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания.
Odatda onada bola tug'ilganidan so'ng bir necha kun qon ketadi. Lekin 1 oylar ichida u kamayib butunlay to'xtashi kerak. Agar 6-8 haftadan so'ng bachadondan to'xtamay qon kelishi kuzatilsa, bunga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin: bachadonda tug'ruqdan so'ng qon lahtalarining qolib ketishi va ularga ajralib chiqib ketish uchun yo'l yo'qligi; bachadon hajmining o'zgarishi; bachadonda yo'ldosh qoldiqlari mavjudligi; bachadonning tug'ishdan so'ng yetarlicha qisqarmagani. Eng ko'p uchraydigan hol - bu bachadonda yo'ldoshning qismlarini qolib ketishidir. Buning oldini olish uchun tuqqandan so'ng 2-3 kun o'tib, yo'ldosh qoldiqlari mavjud emasligini UTD (UZD) orqali tekshirib olishi kerak. Agar ayrim sabablarga ko'ra UZD qilinmay ona uyga chiqarib yuborilgan bo'lib, uyda qattiq qon ketishi kuzatilsa, darhol vrachga murojaat qilmoq lozim. Qon ketishi og'riqsiz bo'lishi mumkin, lekin qon juda ko'p yo'qotiladi. Shuning uchun uy sharoitida uni to'xtatishga urunmay, vrachga murojaat qiling.