Saytimizda endi KURTLAR VADISI PUSU seriali haftaning har JUMA kunlari joylanib boriladi. Kuzatib Boring!!!
YoshlarMp3.Com - Музыка, размещённая на сайте, в режиме ДЕМО! Внимание! Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания.
Farzandni dunyoga keltirish arafasida har bir ayol cheksiz quvonch bilan birga qo’rquvni ham his etadi. «Tug’ruq qanchalik og’riqli kechadi?» «Qancha davom etadi?» «Unga bardosh berish mumkinmi?» «Og’riqdan xalos bo’lish uchun nima qilish darkor?» kabi savollar har bir ayolni o’ylantiradi. Baxt gormoni Tug’ruq paytida og’riqni tabiiy usulda yoki dori-darmon yordamida engish mumkin. Qarangki, tabiatning o’zi bizga eng muhim og’riq qoldiruvchi vosita — endorfin (baxt) gormonini taqdim etgan. Endorfin og’riq qoldiruvchi va quvvatni oshiruvchi vosita bo’lib, ayolning ayni dardi boshlanganda ko’p miqdorda ishlab chiqariladi. Faqat organizm etarli miqdorda bunday tabiiy «anestetik»ka ega bo’lishi uchun ayol tug’ruqqa psixologik jihatdan to’g’ri tayyorgarlik ko’rishi zarur. To’g’ri holatni tanlash Agar shifokor tomonidan hech qanday cheklovlar qo’yilmasa, bo’lajak ona o’ziga qulay holatda tug’ruqqa kirishishi mumkin. Kimdir to’lg’oqni yotgan holda engil o’tkazsa, boshqalarda turgan holida og’riq engilroq kechadi. Bunda har kimning o’ziga xosligidan kelib chiqiladi. Nafas olish Nafas olayotganda engil va yoqimli bosh aylanishi his etsangiz, bilingki, to’g’ri nafas olayapsiz va tanangiz sizga endorfinlari bilan yordamga oshiqmoqda. To’g’ri nafas olish og’riq qoldirish bilan birga tug’ruqning nisbatan engil kechishiga yordam beradi. Axir bachadon mushak to’qimalaridan iborat bo’lib, jadal ishlaganda kislorod bilan to’yinadi. Natijada bolaning ham kislorodga bo’lgan ehtiyoji qondiriladi. Uqalash Uqalash xuddi to’g’ri nafas olish singari og’riqni ancha engillatish xususiyatiga ega. Uqalashni tug’ruq jarayonida ishtirok etayotgan yaqinlaringizdan biri bajarishi maqsadga muvofiq. Bundan asosiy maqsad to’lg’oq paytida tana mushaklarini imkon qadar bo’shashtirishdir. Baqirish foyda beradimi? Ko’pgina bo’lajak onalar atrofdagilardan «Baqirsang, og’riq engillashadi» degan maslahatlarni eshitishadi. Aslida qattiq baqirish tug’ilgan bolaning yurak urishini tezlashishiga sabab bo’lishi mumkin. Demak, bor ovoz bilan qichqirishga oshiqmaymiz. Kimyoviy og’riq qoldiruvchilar Tug’ruq jarayonida og’riq qoldiruvchi vositalardan foydalanishni bo’lajak onaning holatiga qarab shifokor hal qiladi. Akusher-ginekolog va anasteziolog ayolning holatini chuqur tahlil qilib, so’ng quyidagi og’riq qoldirish usullardan birini qo’llash borasida bir qarorga keladi. Epidural usul zamonaviy og’riqsizlantiruvchi vositalar orasida ona va bolaning qon tarkibiga ta’sir qilmaydigan, nisbatan xavfsiz hisoblanadi. Bunda bo’lajak onaning bel qismiga og’riqsizlantiruvchi vosita yuboriladi va tananing beldan pastki hazon.ru saytidan olingan qismi sezuvchanligini yo’qotadi. Butun dunyoda epidrual og’riqsizlantirish usuli tan olingan bo’lsa-da, u bosh aylanishi, bosh og’rishi yoki to’satdan allergiya qo’zg’atib yuborishi mumkin. Tug’ruqdan keyin ayolning beldan past qismida vaqtincha falajlik yuzaga kelishi ehtimoli mavjud. Vositaning ta’siri tarqagach (3-4 soadan so’ng), nojo’ya ta’sirlari ham ortda qoladi. Qay hollarda qo’llaniladi? Bola chala tug’ilganida bu usul yordamiga murojaat etilishi mumkin. Ya’ni bola kamroq qarshilikka uchrashi uchun onaning tos mushaklarini bo’shashtirish kerak. Tug’ruqning diskoordinatsiyalanishida, ya’ni to’lg’oq bo’lsa-yu, bachadon mushaklari noto’g’ri qisqarsa, bir vaqtda ochilmasa. Onaning arteril bosimi me’yordan yuqori bo’lganda, yurak-qon tomir xastaliklarida. Jarrohlik amliyotiga murojaat qilishga ehtiyoj tug’ilganda. Umumiy narkozga faqat favqulodda holatlardagina murojaat qilinadi. U mushaklarni bo’shashtirib, bo’lajak onani uxlatib qo’yadi. Odatda kesarcha kesish amaliyoti oldidan qo’llaniladi. Og’riqni barcha birday his qiladimi? Har bir organizm o’ziga xos bir olam. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, kimdir tug’ruqdagi og’riqni nisbatan kamroq his qilsa, boshqalarda qattiqroq og’riydi, bu individual xodisadir. Og’riqsizlantiruvchi vositalarga ham aynan shu individuallikdan kelib chiqqan holda murojaat etiladi.